Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 3-noyabr, 2026

Qisqasi: bu saytda cookie, analitika va kuzatuv yoʻq. AgiSec ilovasi maʼlumotlarni iloji boricha qurilmangizda shifrlaydi; serverga faqat xizmat ishlashi uchun zarur maʼlumotlar boradi.

Quyida — aniq nima qayta ishlanadi, qayerda va qancha muddat saqlanadi.

Bu sayt (agisec.uz)

  • Cookie, analitika, reklama va tashqi skriptlar ishlatilmaydi. Barcha fayllar shu domendan yuklanadi.
  • Tanlagan mavzuingiz (yorugʻ yoki qorongʻi) brauzeringizning mahalliy xotirasida (localStorage) saqlanadi va hech qayerga yuborilmaydi.
  • Veb-server jurnaliga faqat soʻrov vaqti, ochilgan manzil, javob kodi va hajmi yoziladi — IP manzil va brauzer maʼlumotlari yozilmaydi.
  • Sayt Cloudflare tarmogʻi orqali yetkaziladi. Cloudflare saytni yetkazish va hujumlardan himoya qilish uchun IP manzil kabi texnik maʼlumotlarni qayta ishlaydi.

AgiSec akkaunti

AgiSec AGI Hub akkaunti bilan ishlaydi. Akkaunt uchun quyidagilar saqlanadi:

  • login, ism va (ixtiyoriy) elektron pochta; telefon raqami soʻralmaydi;
  • passkey ochiq kalitlari, ulangan qurilmalar nomi va platformasi, oxirgi faollik vaqti;
  • seanslar va xavfsizlik jurnali: IP manzil va ilova identifikatori (kirish, qurilma ulash kabi hodisalar).

Seanslar koʻpi bilan 90 kun, xavfsizlik jurnali 90 kun saqlanadi; 60 kun faol boʻlmagan qurilmalar oʻchiriladi.

Parol seyfi

Seyf yozuvlari qurilmangizda shifrlanadi (AES-256-GCM). Serverda faqat shifrlangan yozuvlar, ularning soni va hajmi saqlanadi. Kalitlar qurilmangizdan chiqmaydi, shuning uchun biz parollaringizni koʻra olmaymiz. Tiklash kalitini yoʻqotsangiz, seyfni biz ham tiklay olmaymiz.

Messenjer, qoʻngʻiroq va meeting

  • Xabarlar uchidan-uchigacha shifrlanadi (Signal protokoli). Yetkazilmagan shifrlangan xabarlar serverda koʻpi bilan 14 kun turadi.
  • Server kim kim bilan yozishayotganini (metamaʼlumot) koʻradi, lekin xabar mazmunini koʻrmaydi. Kontaktlar va bloklanganlar roʻyxati serverda saqlanadi.
  • Fayllar qurilmadan qurilmaga, qabul qiluvchi rozilik bergandan keyin uzatiladi.
  • Meeting serveri kim va qachon qatnashganini koʻradi; tugagan meeting maʼlumotlari 30 kun saqlanadi.

VPN

  • VPN administrator ruxsati bilan beriladi.
  • Har bir qurilma uchun kunlik trafik hajmi (yuborilgan va qabul qilingan baytlar) 35 kun saqlanadi.
  • Ulanish jurnallari standart holatda oʻchiq. Administrator alohida qurilma uchun kuzatuvni yoqishi mumkin (domen, vaqt, ruxsat yoki blok) — bunday yozuvlar 7 kun saqlanadi. Kuzatuv yoqilganda ulanish yozuvlari saralash uchun server xotirasida bir necha daqiqa turadi va faqat kuzatilayotgan qurilmaniki saqlanadi.
  • Qurilmani ulash va VPNni ochish hodisalari IP manzil bilan xavfsizlik jurnaliga yoziladi.

Brauzer

Brauzer tarix, kesh va cookieʼlarni diskka yozmaydi va siz ochgan sahifalar roʻyxatini bizga yubormaydi. Xavfli saytlarni aniqlash qurilmaning oʻzida, yuklab olingan roʻyxatlar asosida ishlaydi. Istisno: Google va GitHub akkauntlariga kirgan holatingiz qurilmada shifrlangan holda saqlanadi (bu rejimni oʻchirish mumkin).

Uchinchi tomon xizmatlari

Ilova baʼzi vazifalar uchun tashqi xizmatlarga murojaat qiladi: Google (qidiruv va Lens), ipinfo.io (VPN chiqish manzilini koʻrsatish), Cloudflare va Apple (tezlik sinovi), URLhaus, OpenPhish va Phishing Army (xavfli domenlar roʻyxati), ochiq DNS serverlar. Ularga yuborilgan soʻrovlarga shu xizmatlarning oʻz siyosatlari amal qiladi.

Maʼlumotlar qayerda

Asosiy server va ikkita VPN serveri Oʻzbekistonda, uchinchi VPN serveri Niderlandiyada joylashgan. Biz maʼlumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun ishlatmaymiz.

Huquqlaringiz

Oʻzbekiston Respublikasining «Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida»gi Qonuniga muvofiq, oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotlarni olish, tuzatish va oʻchirishni soʻrashingiz, akkauntingizni oʻchirishingiz mumkin. Buning uchun bosh sahifadagi «Aloqa» boʻlimidan foydalaning.

Oʻzgarishlar

Siyosat oʻzgarsa, yangi tahriri shu sahifada sanasi bilan eʼlon qilinadi.